“Science and education in the 21 century” xalqaro ilmiy-metodik jurnali oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari professor-oʻqituvchilari va ilmiy izlanuvchilari tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlari natijalarini ilmiy maqola tarzida chop etadi.
Bundan tashqari, jurnalga iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi ishlab chiqarish tashkilotlari va korxonalarida faoliyat koʻrsatib, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan tadqiqotchilarning ham ilmiy maqolalari qabul qilinadi.
Jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2025-yil 24-fevralda berilgan №635941 sonli guvohnomaga ega. Litsenziya reyestri boʻyicha tartib raqami C-5669731.
Jurnal taʼsischisi – “Science city-ABM” masʼuliyati cheklangan jamiyati.
“Science and education in the 21 century” ilmiy jurnali quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha maqolalar qabul qiladi:
01.00.00 - MATEMATIKA;
08.00.00 - IQTISODIYOT;
13.00.00 - PEDAGOGIKA;
19.00.00 - PSIXOLOGIYA;
Jurnalning rasmiy tillari: oʻzbek, rus, ingliz.
“Science and education in the 21 century” xalqaro ilmiy- metodik jurnaliga chop etishga taqdim etiladigan ilmiy maqolalarga qoʻyiladigan texnik talablar:
- maqolalar xalqaro ilmiy-metodik jurnal yoʻnalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida amaliy tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim.
- maqolalar hajmi 5-12 sahifa boʻlishi lozim.
- matn formati: MS Word, Times New Roman shrifti, 12 kegl kattalikda boʻlishi kerak. Satrlar oraligʻi 1,5 interval. Chegara oʻlchovlari: barcha tomondan – 2 sm. Matn boshlanishida 1 sm satr boshi tashlanadi.
- rasm va jadvallar nomlanishi arab raqamlari bilan belgilanishi (1-rasm, 1-jadval va h.k.), maqola matnida ularga havola etish lozim; jadvallar ichidagi yozuvlar 12 kegl boʻlishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlarga matnda havola beriladi.
- maqola nomi va muallif (hammualliflar)ning familiyasi, ismi-sharifi katta harflar bilan 12 keglda (ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, ish joyi, lavozimi, telefon raqami, e-mail kichik harflar bilan) oʻrta qismiga joylashtiriladi.
“Science and education in the 21 century” xalqaro ilmiy-metodik jurnalida har bir maqolaga DOI raqam olinib, Rossiyaning RINS (ELIBRARY.RU) Polshaning Indeks Copernikus (OAK 12), Yevropaning Zenodo va Open Aire, Angliyaning Europub xalqaro ilmiy bazalariga va www.science-city-abm.uz.uz saytiga joylanadi. Google scholar xalqaro ilmiy qidiruv tizimida indekslanadi.
Har bir muallif bir vaqtning oʻzida yakka va hammualliflikda maqola bilan qatnashishi mumkin.
MAQOLALAR QABULI
Maqola elektron shaklda +998947080800 (https://t.me/@sciencecityabm_qabul) telegram profili hamda info@science-city-abm.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
Jurnal nashrining davriyligi: ikki oyda bir marta nashr etiladi.
Ilmiy jurnal elektron shaklda jurnalning rasmiy saytiga joylashtiriladi va har bir maqola muallifiga elektron tarzda taqdim etiladi. Jurnalning bosma variantini obuna va erkin savdo asosida olish mumkin.
“Science and education in the 21 century” xalqaro ilmiy-metodik jurnalida har bir maqola uchun nashr xarajati – 260 000 soʻmni tashkil etadi. Xorijlik mualliflar uchun to’lov 20 AQSH dollari.
Jurnalning telegram guruhi: https://t.me/science_and_education21century
Masʼul: Xakimova Zulayho
Ma’lumot uchun telefonlar: +998 (94) 708 08 00;